19-fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalining yangi versiyasi sinov rejimida ishlay boshladi, deb yozadi “Uzinfocom.uz”.
U Uzinfocom markazi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Internet tarmog‘idagi Hukumat portalini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqildi.
Portalning yangi versiyasida asosiy e’tibor Vazirlar Mahkamasi faoliyati, uning tuzilmaviy bo‘linmalari, ishchi guruhlari va hukumat huzuridagi komissiyalarga, shuningdek fuqarolarni hukumat qarorlari va qonunchilikka keng jalb etishga qaratildi.
Sinov rejimi hujjatlar bilan to‘ldirilishda davom etmoqda, ushbu jarayon yaqin orada yakunlanadi.
Izoh (0)