Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AVG antivirus kompaniyasi mutaxassislari Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlarda qurilma o‘chirilgach ham josuslik qila oladigan zararli dasturni aniqladi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.

Foto: bgr.com

Foto: bgr.com

Ma’lumotlarni tutish funksiyasi evaziga virus smartfonni o‘chirish jarayoniga joylashib oladi va o‘chirish tugamsi bosilgach ishga tushib, ekranga qurilma o‘chayotgani haqidagi yozuv va suratni chiqaradi. Shuningdek, dastur smartfonni tugmalar bosilishiga javob qaytarmaydigan va ovoz chiqarmaydigan qilib qo‘yadi, ya’ni go‘yoki qurilma o‘chganday tuyuladi.

Bir paytning o‘zida, o‘chirilgandek tuyulgan smartfon josus qurilmaga aylanadi. U kamera orqali suratlar tushirib, ovozni yoza oladi, egasiga bildirmay xabarlar jo‘natishi mumkin. Ekspertlarning ta’kidlashicha, virus qurboniga faqatgina Android Lollipop operatsion tizimida root funksiyasini yoqqan mijozlari aylanishi mumkin. Virus hozirgacha 10 mingga yaqin qurilmaga hujum qilgan. Bu Android dasturlarining norasmiy do‘konlari keng tarqalgan Xitoyda ayniqsa ko‘p kuzatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Bundesliga. “Bavariya” safarda g‘alaba qozondi va Germaniya chempioniga aylandi, “Borussiya D” o‘z maydonida “Mayns”ni yenga olmadi 
Dunyo
Yuk mashinasidan chiqqan natsistlar bayrog‘i, Buddaning tug‘ilgan kuniga atalgan ajdaho, model bo‘lgan chixuaxua — hafta suratlari
Salomatlik
Salomatlik bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqaradigan 6 ta kundalik odat