“Yandeks” pochtasi o‘z faoliyatini qayta tikladi, deya xabar bermoqda “RBK” kompaniya matbuot xizmatiga tayanib.
Servisning ishlamay qolgani haqida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Moskva vaqti bilan 9:00 (Toshkent vaqti bilan 11:00) atrofida xabar bera boshlagan. “Yandeks” pochtasi butun Rossiya hududi bo‘ylab ishlamay qolgan. Servis faoliyatining qayta tiklangani haqidagi axborot Moskva vaqti bilan 11:00 atrofida paydo bo‘ldi.
Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, servis texnik nosozliklar tufayli ishlamay qolgan. “Yandeks”dagilar texnik tafsilotlar keyinroq berilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)