2015-yilning 14-fevralida Toshkent viloyati “Chimyon” sog‘lomlashtirish markazi (Dor yo‘li)da birinchi marta Red Bull ChimRun chang‘ichi va snoubordchilar yalpi poygasi bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, poyga tajriba va yoshidan qat’iy nazar, barcha istovchilar uchun o‘tkaziladi. Poygaga 14 fevral kuni 13:00 da start beriladi.
Red Bull ChimRun qoidalari quyidagicha: dastlab poyganing barcha ishtirokchilari o‘z snoubord va chang‘ilarini startdan 80 metr oldinda qoldiradi. Tovush orqali signal berilgach, ular yugurib, o‘z aslaha-anjomlariga yetib oladi va ularni taqib, trassadan pastga tusha boshlaydi. Finishga birinchi bo‘lib yetib kelganlar g‘olib deb topiladi.
Musobaqa “snoubord” va “chang‘i” dissiplinalarida o‘tkaziladi, ularning har biri bo‘yicha ayollar va erkaklar orasida g‘oliblar aniqlanadi.
Poygada qatnashish uchun Facebook va “Odnoklassniki”da dastlabki ro‘yxatdan o‘tish kerak. So‘ng tadbir kuni 11:00 da pasport nusxasi bilan ro‘yxatdan o‘tishga kelish kerak. Shuningdek o‘zingiz bilan birga aslaha-anjomlarni keltirish lozim.
Batafsil ma’lumotni mana bu yerdan olish mumkin.
Izoh (0)