O‘zbekistonda 2014-yilda turizm sohasining asosiy parametrlari 2013-yildagi ko‘rsatkichlardan oshib ketdi, shu jumladan sayyohlik xizmatlari hajmi 116%, eksport prognozi 120 foizni tashkil etdi. Bu haqda “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qabul qilingan turizm sohasini rivojlantirish dasturlariga muvofiq, Xorazm, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida 484 ta loyihani amalga oshirish uchun 260 million dollar mablag‘ni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Shuning 119 million dollari loyihalar tashabbuskorlari mablag‘lari, 88 million dollari tijorat banklari kreditlari, 26 million dollari davlat byudjeti mablag‘lari, 29 million dollari xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish yo‘li bilan to‘lanadi.
Izoh (0)