Chumoli uyasi deb nomlangan ushbu tortni tayyorlashga bor-yo‘g‘i o‘n daqiqa vaqt ketadi. Unga zarur bo‘lgan masalliqlarning barchasini esa yaqin oradagi do‘kondan sotib olish mumkin, deb yozadi “Xitrosti jizni” nashri.
Zarur masalliqlar:
- 500—600 g oddiy uvalanadigan pechenye
- 1 banka qaynatib quyultirilgan sut
- 100 g saryog‘
- 2 osh qoshiq smetana
- ta’bga ko‘ra mayiz, yong‘oq yoki shokolad ham qo‘shish mumkin
- Pechenyeni o‘rtacha kattalikda maydalaymiz.
- Yumshagan saryog‘ni smetana va quyultirilgan sut bilan yaxshilab aralashtiramiz.
- Tayyor bo‘lgan massani pechenye bilan aralashtiramiz. Shu bosqichda ta’bga ko‘ra mayiz, yong‘oq yoki shokoladni ham qo‘shib yuborish mumkin.
- Tayyor “xamir”ni likopga tog‘ qilib uyub qo‘yamiz. Ko‘rk berish uchun ustiga maydalangan pechenye yoki shakar upasi sepish mumkin.
- So‘ng uni 30—40 daqiqaga sovitgichga qo‘yamiz.
Izoh (0)