Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello oldidagi qarzdorlikni uzish uchun Rossiya futbol ittifoqiga 400 million rubl miqdoridagi imtiyozli kredit taqdim etganini tasdiqladi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
“Men futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik borasida ‘Rossiya—2018’ tashkiliy qo‘mitasi Vasiylik kengashi a‘zosiman. RFI bungacha olib kelgan vaziyatga toqat qilib bo‘lmaydi, deb hisoblayman. Rossiya uchun ishlayotgan odam o‘z mehnati uchun haq olmasa, bu sharmandalik”, — dedi Usmonov.
U shuningdek RFI prezidenti Nikolay Tolstixga Rossiya futboli taraqqiyoti va Rossiya termasining jahon chempionatiga tayyorgarligiga qo‘shgan hissasiga o‘zi baho berib ko‘rishini maslahat berdi.
Izoh (0)