Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailandda o‘tkazilayotgan, olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi Qirol kubogi bahslarini mag‘lubiyat bilan boshladi, deya xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Janubiy Koreyaga qarshi kechgan o‘yinda Shuhrat Maqsudov qo‘li ostidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yin taqdirini hal qilgan yagona gol 23-daqiqada kiritildi.
Qayd etishlaricha, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari o‘yinda ancha qo‘pol harakat qilishgan. Xususan, uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida dastlab yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov, so‘ng himoyachi Tohir Shamshitdinov maydondan chetlatilgan.
YouTube’da o‘zbekistonlik ushbu futbolchilarning qo‘pol harakatlari tasvirlangan videolar ham paydo bo‘lgan. Xususan, unda Tohir Shamshitdinov mushtlari bilan xuddi bokschilardek hujum qilib, raqibini qariyb nokdaun holatiga tushirganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)