Rossiya internet-qidiruv tizimi “Yandeks” foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlari va parollari himoyasi uchun yangi mexanizmni ishga tushirdi, deya xabar bermoqda “TASS” internet-kompaniya xabariga tayanib.
“Ikki faktorli autentifikatsiyada ‘Yandeks’da brauzerga login va parol kiritishning hojati yo‘q — shu sababli ularni foydalanuvchi kompyuteridan ham umuman o‘g‘irlab bo‘lmaydi. Shaxsni tasdiqlash uchun smartfon hamda iOS va Android uchun ‘Yandeks. Klyuch’ mobil dasturi ishlatiladi”, — deyiladi xabarda.
Mail.ru Group ham shunga o‘xshash texnologiyani ishga tushirganini ma’lum qildi. “Endi barcha foydalanuvchilarda o‘z hisoblari himoyasini qo‘shimcha ravishda oshirish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi. Ikki faktorli autentifikatsiya pochtadan tashqari, Bulut, Taqvim, O‘yin markazi va boshqalarda ham ishlaydi”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Izoh (0)