Xitoyning Coolpad kompaniyasi dunyodagi eng ingichka smartfon Ivvi K1 Mini’ni taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Bungacha 4,8 millimetrlik Vivo X5 Max eng ingichka smartfon hisoblangan bo‘lsa, Coolpad 4,7 mm qalinlik bilan uni ortda qoldirdi.
Ivvi K1 Mini 4,7 dyuymli displey, to‘rt yadroli Snapdragon 410 protsessori, 1 Gb tezkor va 8 Gb ichki xotira bilan jihozlandi.
Bundan tashqari, u 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 1800 mA/s sig‘imli akkumulyator batareyasiga ega bo‘ldi.
Ivvi K1 Mini Xitoyda taxminan 200 dollardan sotilmoqda.
Izoh (0)