Ba’zan uyimizga o‘rnatilgan Wi-Fi router signali barcha xonalarga ham yetib bormaydi. Muammoni bartaraf etish uchun boshqa router sotib olish shart emas. “Xitrosti jizni” nashri buni o‘z qo‘llaringiz bilan hal etish usulini tushuntirib berdi.
Wi-Fi signalini kuchaytirish uchun sizga qaychi, tunuka banka (masalan, kola bankasi) va plastilin kerak bo‘ladi. Endi quyidagi ko‘rsatmalarga rioya qiling:
1. Bankani suvda yuving.
2. Qopqog‘ini olib tashlang
3. Bankaning tubini kesib oling.
4. Tepa qismini ham kesishni boshlang, biroq uning kichikroq qismini kesmasdan qoldiring.
5. Kesilmay qolgan metallning qarama-qarshi tomonini kundalangiga qirqing.
6. Ushbu konstruksiyani plastilin yordamida routerga mahkamlang.
Hosil bo‘lgan signal qaytargichni sizga signal zarur bo‘lgan tomonga yo‘naltirishingiz mumkin.
Izoh (0)