Xitoyning ZTE kompaniyasi o‘zining yangi Blade S6 flagmanini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Smartfon nomidagi S6 indeksi telefonda oltita asosiy xususiyatni anglatadi. Bular — Smart Sense imo-ishora bilan boshqaruv tizimi, Android 5.0 Lollipop operatsion tizimli sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 615, sifatli kamera, Hi-Fi Sound tovush tizimi, ZTE MiFavor 3.0 foydalanuvchi interfeysi va ZTE AliveShare firma dasturi.
Smartfon 5 dyuymli displey, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameralar, 2 Gb tezkor, 16 Gb ichki xotira, yaqinlashish va yoritish datchiklari, akselerometr, kompas, giroskopik sensor hamda GPS, Bluetooth 4.0, Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac modullari bilan jihozlangan.
ZTE Blade S6 dastlab 10-fevraldan eksklyuziv ravishda AliExpress internet-do‘konida sotila boshlaydi. Mart oxirlaridagina u dunyo bo‘ylab erkin sotuvga chiqadi. Qurilmaning AQSh bozoridagi narxi 250 dollarga teng bo‘ladi.
Izoh (0)