Dunyoda eng kuchli himoyalangan smartfon BlackPhone xakerlar uchun oson o‘lja bo‘lib chiqdi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Smartfon yaratuvchilari xaridorlarni uning superkuchli xavfsizlik tizimi bilan jihozlangani, uni hech qanday maxfiy tashkilot ham, yovuz niyatli kishilar ham buza olmasligini ta’kidlab kelgan edi. Biroq Avstraliyaning Azimuth Security firmasi ekspertlari gadjetda jiddiy kamchilik borligini aniqladi.
Kompaniya bosh maslahatchisi Mark Daud so‘zlariga ko‘ra, xakerlarga potensial “mijoz”ning Silent Circle ID’si yoki mobil raqamini bilish kifoya. Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, yovuz niyatli kishilar xabarlarni maxfiy ravishda rasshifrovka qilib, o‘qish, kontaktlarni ko‘rish, qurilmaning qayerdaligini topish, xotira kartasidagi ma’lumotlarni olish yoki u yerga ma’lumot kiritish imkoniga ega bo‘lgan.
Azimuth Security kompaniyani xatolik haqida xabardor qilgach, ishlab chiquvchilar zudlik bilan “bag”ni bartaraf etdi.
Izoh (0)