Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi 25-yanvardagi favqulodda majlisida Vazirlar mahkamasiga ayirmachilar jinoyatlari hamda “Donetsk xalq respublikasi” va “Lugansk xalq respublikasi”ni terrorchilik tashkilotlari deb e’tirof etish yuzasidan Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudiga murojaat qilish jarayonini boshlashni topshirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Bundan tashqari, MXMK armiyani yangi qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan kuchaytirishga qaror qildi.
Ushbu majlisda shuningdek, MXMK avvalroq Yevropa ittifoqi, Shveysariya konfederatsiyasi, AQSh va “Katta yettilik” davlatlari tomonidan Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni qo‘llashni ma’qulladi.
Izoh (0)