24-yanvarga o‘tar kechasi Hindistonning Arunachal Pradesh shtati shimoli-sharqiy qismida mashinaning daraga qulashi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jiddiy jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, fojia tog‘ yo‘lining murakkab qismida yo‘lning yaxshi ko‘rinmasligi natijasida sodir bo‘lgan.
Qalin tuman sababli burilish nuqtasida haydovchi mashinani boshqara olmay qolgan va mashina yo‘l chetiga chiqib ketgan. Shimoliy Kameng tumaniga ketish yo‘lida, Sessa shahri yaqinida mashina 45 metr balandlikdan daraga qulagan.
Voqea to‘g‘risida hukumatga mahalliy aholi ma’lum qilgan. Qutqaruv ishlari tongga yaqin boshlanib, politsiya voqea joyida halok bo‘lgan 10 kishining jasadini topdi. Yana biri kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi, qolgan uchtasi og‘ir jarohat bilan kasalxonaga yotqizildi. Mashinada bo‘lganligi taxmin qilinayotgan yana ikki kishi qidirilmoqda.
Izoh (0)