25—27-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Hindistonda bo‘ladigan AQSh prezidenti Barak Obama Tojmahal maqbarasi joylashgan Agra shahriga bormasligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Kommersant.ru”.
AQSh prezidenti Hindiston poytaxtiga 25-yanvar kuni ertalab yetib keladi va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazadi. Shuningdek, tashrif dasturiga ikki mamlakat tadbirkorlari, prezident Prana Mukerji va boshqa siyosatchilar bilan uchrashuvlar hamda radio orqali birgalikda intervyu berish ham kiritilgan. Safarning qoldirilish sabablariga aniqlik kiritilmayapti.
Izoh (0)