Turkiya Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lishga qiziqishini yo‘qotdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 24-yanvar kungi matbuot-anjumanida bergan bayonotiga tayanib.
Uning aytishicha, agar YeI Turkiyani qabul qilishga rozilik bildirsa, u unga a’zo bo‘ladi.
“Biroq agar hali-hamon Turkiyani eshigingizni taqillatib turibdi, deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Turkiya yalinmoqchi emas. Agar bizni qabul qilishmasa, biz o‘z yo‘limizni tanlaymiz”, — dedi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘on shuningdek Turkiyadagilar Yevroittifoqning “demokratik tizimmi yoki nasroniylar klubimi” ekanligini tushunib olishga harakat qilayotganligini ta’kidladi.
Izoh (0)