Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yangi bo‘lim ochildi, u yerda angiografik qurilma yordamida tomir kasalliklarini davolash mumkin. Bu haqda Uzbekistan Today xabar bermoqda.
“Ilk operatsiyalarni yurak tomirlari ustida o‘tkazdik, — dedi bo‘lim mudiri Bahrom Alaviy. — Yangi texnologiyalar tufayli katta imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. Tomirlar torayishi boshlang‘ich bosqichlarda aniqlansa va u bartaraf etilsa, patologiyagacha yetib bormaslik mumkin”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, markazga kelayotgan bemorlar orasida buyrak arteriyasi bekilib qolishi natijasida kelib chiqqan yuqori qon bosimi, insultga olib keluvchi uyqu arteriyasi bekilib qolishidan azob chekayotganlar ko‘p. “Vaqt o‘tishi bilan bunday patologiyalarga ega bemorlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan texnologiyalarni ham o‘zlashtiramiz”, — dedi Bahrom Alaviy.
Izoh (0)