Microsoft shu hafta yangi qurilma — telefon va noutbuk gibridini taqdim etmoqchi. Bu haqda kompaniyadagi manbalariga tayanib, The Information nashri xabar berdi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”.
Gibrid gadjet haqida hozircha tafsilotlar yo‘q. Manba xabariga ko‘ra, smartfon klaviatura va ekranga ega kattaroq blokka joylashishi mumkin. Gibridning aynan qanday brend ostida chiqarilishi ham noma’lum.
Bundan tashqari, Microsoft yana bir yangi qurilma — simsiz quvvatlovchi vosita haqida ma’lum qildi. U AutoCharge deb nomlanib, u smartfonni “ortiqcha harakatlarsiz” quvvatlash imkonini beradi. Gadjetni stol ustiga qo‘yish kifoya. Moslama videokamera orqali smartfon joylashgan joyni aniqlab, uning akkumulyatori quvvatini baholaydi. Agar u past bo‘lsa, nurlantirgich ishga tushadi, yorug‘lik tokka aylanadi.
Izoh (0)