WhatsApp messenjerining Chrome brauzerlari hamda Android, Windows, Blackberry smartfonlari uchun mo‘ljallangan veb-versiyasi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda “Siliconrus.com”.
WhatsApp veb-kliyentidan foydalanish uchun Android, Windows yoki Blackberry’dagi messenjerning so‘nggi versiyasi yordamida web.whatsapp.com sahifasiga qo‘yilgan QR-kodni skanerlab olish zarur. Shu bilan birga, servis ishlashi uchun telefon doimiy ravishda tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak.
Apple platformasi cheklangani tufayli, veb-kliyentni iOS foydalanuvchilari ishlata olmaydi.
Telegram asoschisi Pavel Durov WhatsApp’dagi yangilanishni o‘z Twitter’ida sharhlar ekan, servis hali-hamon 2012-yilda yurganini ta’kidladi.
https://twitter.com/durov/status/558022812934623234
Izoh (0)