2016-yilda Yer aholisining dunyoning eng boy kishilaridan iborat bir foiziga insoniyatning qolgan 99 foiziga qaraganda ko‘proq mol-mulk tegishli bo‘ladi. Bu haqda Oxfam xayriya guruhi ma’lumotlariga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
2009-yilda eng boy kishilarning bir foiziga dunyo boyligining 44 foizi, 2014-yilda esa 48 foizi yoki har bir kishiga o‘rtacha 2,7 million dollar to‘g‘ri kelgan. Qolgan 52 foiz boylikning 46 foizi badavlat kishilarning beshdan bir qismida yig‘ilgan. Qolgan kishilar hissasiga o‘rtacha 3851 dollardan to‘g‘ri keladi.
Hozirgi tendensiya saqlanib qolsa, 2016-yilga kelib, ularda dunyodagi boylikning 50 foizdan ortig‘i bo‘ladi.
“Mol-mulk tengsizligining bunday izchillik bilan o‘sishi qashshoqlikka qarshi kurashga xalal bermoqda”, — deyiladi tashkilot ma’ruzasida. Oxfam tengsizlikning o‘sib borishini to‘xtatish bo‘yicha choralar ko‘rilishiga erishmoqchi. Xususan, u davlatlarni soliqlarni to‘lashdan bosh tortayotgan kompaniyalarga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqiradi.
Izoh (0)