Isyonchi shialar-xusiylar va Yaman armiyasi o‘rtasida mamlakat poytaxti Sana shahridagi prezident saroyi yaqinida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Mahalliy fuqarolar aytishicha, mamlakat prezidenti Abdu Rabbo Mansur Xodiy saroyidan o‘q tovushlari eshitilmoqda.
17-yanvar, shanba kuni noma’lum shaxslar prezident ofisi rahbari Ahmad Avad Muborakni Sanadan o‘g‘irlab ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, buni avvalroq Muborakning nomzodi bosh vazir lavozimiga qo‘yilganiga norozi chiqqan xusiylar amalga oshirgan.
Bunga javoban Yaman janubiy provinsiyalari yetakchilari xusiylarga Muborakni ozod etishga 24 soat vaqt berdi va Xandramaut, Shabva, Marib provinsiyalaridagi tarafdorlariga gaz va neft kompaniyalari ishlarini to‘xtatishga shay bo‘lib turishni tayinladi.
Izoh (0)