Janubiy Osetiya parlamenti spikeri Anatoliy Bibilov 16-yanvar, juma kuni bayonot tarqatib, Rossiya tarkibiga kirishni yoqlab chiqdi, deya xabar bermoqda Interfax. U “Birdam Osetiya” ko‘pchilik partiyasi yetakchisi hamdir.
“Partiyaning va mening mustahkam pozitsiyamiz shundan iboratki, Shimoliy Osetiya bilan birlashish va Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirish osetin xalqining uzoq muddatli manfaatlariga to‘g‘ri keladi”, — deyiladi bayonotda.
Uning ta’kidlashicha, partiya Rossiya bilan ittifoqdoshlik va integratsiya to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqishda qatnashishni davom ettirmoqda.
Izoh (0)