Rossiyada bo‘lib turish tartibini muhojirlarga mamlakatga kirish huquqini 10 yilga olib qo‘yishni nazarda tutuvchi qonun 10-yanvardan kuchga kirdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Hujjatga binoan, Rossiyada 280 kundan ortiq bo‘lib turish muddati buzilganda muhojir Rossiyaga kirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Rossiya hududida 180 kundan ortiq noqonuniy bo‘lish muhojirdan bu huquqni besh yilga olib qo‘yishga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaga ba’zi MDH davlatlaridan keluvchi muhojirlar faqat xorijga chiqish pasporti bilan kirishi belgilab qo‘yilgan edi.
Izoh (0)