Amerikaning Coca-Cola korporatsiyasi avvalroq e’lon qilingan xarajatlarni qisqartirish dasturi doirasida yaqin oylar ichida 1,6—1,8 ming xodimlarini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Ushbu rejaga aloqador xodimlar ishdan bo‘shatilganlik to‘g‘risidagi bildirishnomalarni 8-yanvar kuniyoq qabul qila boshladi.
Shu bilan birga, Coca-Cola o‘zgarishlar jarayoni biznesning barcha sohalarida ham hali tugallanmaganini ma’lum qildi. Bu kompaniya shtatlarni qisqartirish ko‘lamini kengaytirishi mumkinligini bildiradi.
Ayni paytda kompaniyada 130 ming kishi ishlaydi.
Izoh (0)