Facebook asoschisi va bosh direktori Mark Sukerberg avvalroq allaqanday pokistonlik terrorchidan uning fikricha Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarni haqoratlovchi postlarni taqiqlashdan bosh tortgani uchun tahdidlarga uchraganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Facebook’dagi sahifasida yozdi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchini haqoratlovchi postlar ustidan shikoyat qilish mumkin, biroq bloklab qo‘yish to‘g‘risidagi qaror avtomatik ravishda emas, nizolar bo‘yicha komissiya majlisi natijalariga ko‘ra qabul qilinadi. Shu tufayli bunda gap ma’lum bir kishi yoki shaxslar guruhi uchun haqoratli bo‘lgan postlarni bloklash haqida bormoqda.
Sukerberg yozishicha, ijtimoiy tarmoq o‘zi ishlaydigan har bir mamalakat qonunchiligiga rioya qiladi, biroq hech qaysi davlat yoki shaxslar guruhi o‘z qoidalarini butun dunyoga joriy qila olmaydi.
Izoh (0)