Peru sobiq prezidenti Alberto Fuximori 8-yanvar kuni davlat mablag‘larini talon-taroj qilgani uchun sakkiz yillik qamoq jazosiga mahkum etildi, deb yozadi “TASS”.
Hukmga muvofiq, Fuximori davlat rahbari lavozimini egallaganidan buyon mahalliy OAVlarda o‘z targ‘ibot kampaniyalarini tashkil qilishga Peru harbiy byudjetidan 122 million yangi sol (taxminan 40 million dollar) ishlatib yuborgan. U gazetalarda 2000-yildagi prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik doirasida o‘zi uchun manfaatli bo‘lgan maqolalarni bergan. Sud shuningdek siyosatchiga 3 million sol (1 million dollar) miqdorida jarima to‘lash majburiyatini yukladi va uch yil davomida davlat lavozimlarini egallashni taqiqladi.
Alberto Fuximori 1990—2000-yillarda Peru davlat rahbari lavozimini egallagan.
Izoh (0)