Dunyodagi eng yirik sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya Nike Inc. bu yil “Kelajakka qaytib” (Back To The Future) kinotrilogiyasi bosh qahramoni Marti Makflayning o‘zi bog‘lanadigan poyabzaliga to‘liq o‘xshash bo‘lgan yangi modeldagi krossovkalarni ommaga taqdim etadi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Bunday krossovkani rejissor Robert Zemekis tomonidan 1989-yilda suratga olingan filmning ikkinchi qismida ko‘rish mumkin. Ushbu kartinadagi voqealar 2015-yilda bo‘lib o‘tadi, shu tufayli kompaniya Nike Air MAG krossovkalarini shu yil chiqarishga qaror qildi.
Krossovka o‘zidan yorug‘lik chiqaradi va o‘tgan yili patentlangan avtomatik bog‘lanish mexanizmiga ega.
Izoh (0)