Ucell mobil aloqa operatori Yangi yildagi bayram kunlarida, qo‘ng‘iroqlar sifatini yaxshilash va SMS-xabarlarni o‘z vaqtida yetkizish maqsadida, ba’zi xizmatlar vaqtinchalik to‘xtatishini ma’lum qildi
2014-yil 31-dekabr soat 12:00 dan 2015-yil 2-yanvar soat 17:00 gacha quyidagi xizmatlardan foydalanib bo‘lmaydi:
- “SMS-Jadval”;
- “SMS ni boshqa raqamga yo‘naltirish”;
- “SMS-Avtojavob”;
- “SMS Filtr-Qora ro‘yxat”;
- “SMS-Taxallus”;
- “Do‘stim hisobidan SMS”.
- “Kim qo‘ng‘iroq qildi?”;
- “Men aloqadaman”;
- “Ovoz pochtasi”;
- “Menga qo‘ng‘iroq qil”;
- “Men kimman?”.
- Hisobni *100# - *109# orqali tekshirish;
- Tizim xabarlari (hisob to‘ldirish va xokazo).
Ucell o‘z mijozlaridan kerakli hollarda qo‘shimcha xizmatlarni oldindan ulashni so‘ragan. “SMS Jadval” xizmati doirasidagi oldindan mo‘ljallab qo‘yilgan SMS-xabarlar o‘z vaqtida yuborilishi qayd etilgan.
Kompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun abonentlardan uzr so‘ragan.
Izoh (0)