Apple Insider nashri halqa shaklidagi Apple kampusi qurilishini videoga oldi, deya xabar bermoqda Look At Me. Unda asosiy bino, yer ostidagi konsert zali, parkovka maydoni va boshqa binolarni ko‘rish mumkin.
Qurilishning hozirgi holatini videoda iyunda vertolyotdan olingan suratlar va avgustda dron orqali tushirilgan rolik bilan taqqoslash mumkin.
Apple’ning yangi kampusi AQShning Kupertino shahrida joylashadi. Uning umumiy maydoni 260 ming kvadrat metrga teng bo‘ladi. Halqa bino va unga yondosh bo‘lgan boshqa imoratlarda fitnes-markaz, konsert zali, kafe, dam olish xonalari joylashadi.
Loyihaga muvofiq, halqa bino to‘liq yangilanadigan energiya manbalari asosida ishlaydi. Qurilish 2016-yilning o‘rtalarida tugashi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)