O‘zbekiston mintaqa infratuzilmasini qurishda va mustahkamlashda asosiy rolni o‘ynaydi. Bu haqda AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Nisha Desai Bisval 2-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozadi “Turkiston-press” axborot agentligi.
Nashrning eslatishicha, Nisha Desai O‘zbekistonga ikki tomonlama siyosiy konsultatsiyalarning navbatdagi davrasini o‘tkazish uchun 30-noyabr kuni tashrif buyurgan edi. Matbuot anjumani uning Islom Karimov bilan uchrashuvidan so‘ng o‘tkazildi.
“Quruqlik bilan o‘ralgan davlat sifatida O‘zbekiston Markaziy Osiyoning yuragi kabidir, u sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan boy tarixga ega davlatdir. Bugungi kunda O‘zbekiston mintaqadagi davlatlar infratuzilmasini, shuningdek ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni qurish va mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi”, — deya ta’kidladi Nisha Desai Bisval.
Izoh (0)