O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 3-dekabr kuni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Qonun 29-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va 13-noyabr kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi. Qonun 2014-yil 4-dekabrdan kuchga kirdi.
Ushbu qonunning maqsadi – fuqarolarning davlat organlariga murojaat etishi tartibini yanada takomillashtirishdan, shuningdek, yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi huquqiy bo‘shliqni to‘ldirishdan iborat.
Izoh (0)