Parkovka qoidalarini buzgan avtomobilning original ravishda “jazolanishi” aks etgan videolavha YouTube saytida to‘rt kun ichida bir milliondan ortiq marta tomosha qilindi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar berdi.
Rolikning ilk kadrlarida Rossiyadagi ko‘p qavatli uylardan birining hovlisida ikkita avtomobilning joyini egallab turgan mashinani ko‘rish mumkin. Muallif parkovka qoidasini buzgan ushbu mashinani jazolashga qaror qilib, uni ikki barmog‘i bilan tutib, yo‘ldan olib tashlaydi.
Video 5 mingta “layk” va 500 dan ortiq izoh yig‘di. Oradan bir kun o‘tib, muallif ushbu videomontaj texnologiyasini fosh qiluvchi yana bir rolikni yukladi.
Izoh (0)