Tataristonda Yulduz qishlog‘ida 50 kishi ishtirokidagi ommaviy mushtalashuv fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda “TASS” Tatariston prokurori katta yordamchisi Ruslan Galiyevga tayanib. Dastlabki versiyaga ko‘ra, janjal bir qiz tufayli kelib chiqqan.
Mushtlashuv joyida 15 ta zarar ko‘rgan avtomobil, yog‘och tayoqlar, metall xivichlar topilgan.
Galiyev so‘zlariga ko‘ra, janjaldan so‘ng qishloqning uch nafar fuqarosi shifoxonaga tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, Chistopol tumani politsiyachilari “Bezorilik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘agan.
Izoh (0)