Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiyaning G‘arb sanksiyalariga javob choralari iqtisodiyot uchun ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga ega, deb hisoblaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Uning aytishicha, importning o‘rnini to‘liq bosishga erishilganicha yo‘q. “Himoya choralari bekor qilingach, barcha G‘arb ishlab chiqaruvchilari ham o‘z mahsulotlarini Rossiya peshtaxtalariga qaytara olmaydi”, — dedi bosh vazir.
Uning ta’kidlashicha, Osiyo davlatlari yetakchilari Rossiya bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishga katta qiziqish bildirmoqda.
Izoh (0)