Yaponiyada sud normalanmagan ish grafigi tufayli o‘z joniga qasd qilgan restoran xodimi oilasiga 58 million yen (500 ming dollar) to‘lash haqida qaror chiqardi. Bu haqda The Star xabar bermoqda.
Erkak oyiga 200 soat ortiqcha ishlashni ko‘tara olmagan. Unga har yetti oyda bir kun dam olish berilgan. Yaponiyalik bunday rejimda 2007-yildan buyon mehnat qilib kelgan. Bundan tashqari, unga ish beruvchi tomonidan doimiy ravishda ruhiy bosim o‘tkazilgan.
Sud xulosasiga ko‘ra, bularning barchasi ruhiy zo‘riqish va suiqasdga sabab bo‘lgan.
Marhumning qarindoshlari sudga arz qilib, yutib chiqdi. Oilaga tovon pulini Sun Challenge restoranlar tarmog‘i to‘laydi.
Izoh (0)