Venesuela havo hududiga bostirib kirgan samolyot Apure shtati osmonida urib tushirildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopesga tayanib.
“Bu bizning havo hududimizga bostirib kirgan va qurolli kuchlar tezkor strategik qo‘mondonligi jangchilari tomonidan urib tushirilgan King200 turidagi samolyot bo‘laklari”, — deb yozdi Padrino Lopes o‘zining Twitter’dagi mikroblogida o‘zi ilova qilgan rasmga izoh sifatida.
Ekipaj qismati haqida ma’lumot berilmadi.
Izoh (0)