O‘tgan yilda Qirg‘izistonda 61 nafar homilador ayol vafot etdi. Bu haqda “Bishkek oqshomi” xabar bermoqda.
Gender rivojlanishi bo‘yicha milliy kengash majlisida Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Marat Kaliyev onalar o‘limi sabablarini keltirib o‘tdi.
“Homilador ayollar o‘z vaqtida kasalxona ro‘yxatiga kirmasligi tufayli tug‘ruq chog‘ida ona va bolani yo‘qotish xavfi bor, — dedi Kaliyev. — Tug‘ruq davomida qon ketishi ham bunga yana bir sababdir. Shu bilan birga, shifokorlar xatosi faktini ham rad etib bo‘lmaydi”.
Izoh (0)