Yevropa Ittifoqining tashqi iqtisodiyot va xavfsizlik masalalari bo‘yicha vakili Federika Mogerini fikricha, YeI davlatlari umumiy xavfsizlik va manfaatlar yuzasidan Falastin davlatchiligini tan olishi zarur. Bu haqda u Yevropa OAVlariga bergan ilk intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda”.
Mogerinining ta’kidlashicha, mintaqaga, shu jumladan Isroil va Falastin o‘rtasidagi nizoni tartibga solishga o‘zaro kelishib yondasha boshlashning vaqti keldi.
Federika Mogerinining Yevropa diplomatiyasi rahbari sifatida Isroil va Falastinga shu maqsaddagi ilk tashrifi hafta so‘ngiga rejalashtirilgan.
Izoh (0)