Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko aytishicha, 2-noyabr kuni Donbassda bo‘lib o‘tgan saylovlarni adolatli deb bo‘lmaydi, deb yozadi “Vedomosti”.
“Tanklar va avtomatlar og‘zi ostida bo‘lib o‘tgan ushbu maynavozchilikning erkin xohish bildirish bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Uni saylov deb ta’riflab ham bo‘lmaydi”, — deyiladi 3-noyabr kuni davlat rahbarining saytiga joylangan xabarda.
Poroshenko Kiyevning 2-noyabr kungi saylovlarni tan olmasligini ta’kidladi.
“Biz aslida ham, yuridik nuqtai nazardan ham bo‘lib o‘tmagan saylovni hurmat qila olmaymiz. O‘zini va xalqaro huquqni hurmat qilgan hech qaysi davlat bunday saylovlarni tan olmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
Izoh (0)