Bolgariya poytaxtidagi prezident saroyi yaqinida ayol kishi o‘zini yoqib yuborishga urindi, deya xabar bermoqda Associated Press. U kuchli darajadagi kuyishlar olib Sofiyadagi kasalxonalardan biriga yotqizildi.
Hodisa 3-noyabr kuni 15:45 (Toshkent vaqti bilan 18:45) atrofida sodir bo‘ldi. Ayol prezident saroyiga taksida yetib borib, so‘ng bino qarshisida joylashgan favvoralarga yaqinlashadi. Maydonda u ustiga suyuq yonilg‘i quyib, o‘zini yoqib yuboradi.
Prezident soqchilik xizmati vakillari, politsiyachilar va o‘tkinchilar olovni o‘chirish uchun harakat qila boshlaydi. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam yetib keladi.
Shifokorlarning aytishicha, 38 yoshli ayol tanasi yuza qismining 90 foizi yonib ketgan. Ayolning buni qanday maqsad bilan amalga oshirgani hozircha noma’lum.
Izoh (0)