AQShda 8 yoshli bolakay Dilan Sigel kamdan-kam uchraydigan kasallik bilan og‘rigan do‘stiga yordam berish uchun kitob yozib, bir million dollarga yaqin mablag‘ yig‘di. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yosh muallifning kitobi 2012-yilda bosib chiqarilgan. Bolaning qalamiga mansub rang-barang rasmlardan iborat 12 sahifali asar “Shokolad” (Chocolate Bar) deb ataladi.
Kitob sotuvidan tushgan mablag‘ Dilanning eng yaqin do‘sti, irsiy Girke xastaligidan azob chekayotgan sakkiz yoshli Jonni davolashga sarflanmoqda.
Ayni paytgacha yosh muallif 900 ming dollar pul to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Girke kasalligi irsiy jigar xastaligi bo‘lib, hujayralarning glyukozani sintez qilishda qatnashadigan fermentni ishlab chiqarishga qodir bo‘lmasligi bilan tavsiflanadi.
Izoh (0)