AQSh Federal qidiruv byurosi, AQSh hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalistlarga maxfiy axborotni taqdim etgan kishini aniqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
FQB agentlari ismi oshkor qilinmayotgan gumonlanuvchining uyida tintuv uyushtirgan. AQSh hukumatining ishonch bilan aytishicha, u AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden bilan aloqador jurnalistlarga, Vashington fikricha, terrorchilar bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini berib yuborgan.
Ushbu ish bo‘yicha tergov Virjiniya shtatida boshlandi, biroq hozircha rasmiy ayblov qo‘yilmagan.
Izoh (0)