“Ural havo yo‘llari” aviakompaniyasi yangi Moskva—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni ochdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Rossiya poytaxtidan Samarqandga ilk parvoz 27-oktabr kuni amalga oshirildi.
Aviakompaniya Moskvadan Samarqandga va yana ortga qaytuvchi reyslarni haftaning dushanba kunlari Yevropaning Airbus konserni laynerlarida amalga oshiradi.
Izoh (0)