O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi rasmiy nashri chop etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi matbuot xizmati xabar berdi.
Nashr qattiq muqovada o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 16-aprel kungi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Konstitutsiyaning 32-, 78-, 93-, 98-, 103- va 117-moddalariga o‘zgartirish kiritilgan edi.
Izoh (0)