Markaziy Nepalda yo‘lovchilarga liq to‘la avtobus tog‘ darasiga qulashi natijasida 9 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 20 kishi tan jarohati oldi, deya xabar beradi “TASS” Kyodo agentligiga tayanib.
Avtobus Nepal poytaxti Katmandudan 50 kilometr uzoqlikdagi tor yo‘ldan ketayotganda 100 metr chuqurlikdagi jarlikka qulagan. Halokat joyiga qutqaruvchilar jamoasi yetib kelgan, jabrlanganlar kasalxonaga yetkazilgan.
Mahalliy politsiya avtobusda 60 kishi bo‘lganligi haqida ma‘lumot bergan. Bir qator OAVlar ta‘kidlashicha, qurbonlar orasida Isroil fuqarosi ham bo‘lgan.
Izoh (0)