Eronda 26 yoshli Rayhona Jabboriy ismli qiz osish yo‘li bilan qatl etildi, deya xabar bermoqda Euronews. Qiz, uning advokati ta’kidlashicha, o‘zini zo‘rlamoqchi bo‘lgan kishini o‘ldirgani uchun oliy jazoga hukm qilingan.
Rayhona qotillikni 2007-yilda, 19 yoshligida amalga oshirgan. Shuncha yil davomida u qamoqda saqlangan.
Huquq himoyachilari Tehron hukumatini qatlni bekor qilishga chaqirdi, bunda ular hukmning jiddiy qonunbuzarliklar bilan amalga oshirilgan tergov natijalariga ko‘ra chiqarilganiga urg‘u berishdi.
Rayhona o‘ldirgan kishi Eron razvedkasi xodimi bo‘lgan. Islom respublikasi qonunlariga ko‘ra, marhumning oilasi afv etsagina, qotilga nisbatan o‘lim jazosi bekor qilinishi mumkin. Biroq u afv etilmadi.
Izoh (0)