Shvetsiya shahzodasi Karl Filipning Facebook’dagi sahifasida yozilishicha, to‘y marosimi 2015-yilning 13-iyunida Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tadi.
2014-yil iyun oyining so‘ngida Karl Filip va Sofiya Xelkvistning unashtirilganligi haqida e’lon qilingan edi. Juftlik 2009-yilda Stokgolmdagi tungi klublardan birida tanishgan. Bir yil o‘tib, ular uchrasha boshlagan.
Karl Filip opasi malika Viktoriya va uning qizi Esteldan so‘ng taxtga uchinchi navbatdagi da’vogardir.
Shvetsiyada iyun oyi qirollik to‘ylari uchun eng maqbul davr hisoblanadi. Karl Filipning singlisi Madlen 2013-yil 8-iyunda Kris O’Nil bilan turmush qurgan edi. Valiahd malika Viktoriya esa 2010-yil 19-iyunda Daniel Vestlingga turmushga chiqqan.
Izoh (0)