Qozog‘iston Parlamenti yuqori palatasi deputati Murod Baxtiyoro‘g‘li hukumat rahbariga murojaat qilar ekan, mamlakatda chilim (kalyan) chekishni to‘liq taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
U qonunchilikda tamaki chekishni cheklovchi qonun doirasida sun’iy tamaki mahsulotlari, jumladan chilimni to‘liq taqiqlash tashabbusi bilan chiqdi. “Bunday choralar yangi avlod uchun o‘ta zarur deb hisoblaymiz”, — dedi u.
Nashrning eslatishicha, 2013-yilda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi hordiq uchun mo‘ljallangan jamoat joylarida chilim chekishni man qilgan edi. Bunga chekish nayida va chilim suyuqligida ichak tayoqchalari, stafilokokk, achitqi, zamburug‘ va boshqa mikroblar aniqlangani sabab bo‘lgan edi.
Deputatning aytishicha, kiritilgan taqiqqa qaramay, qozog‘istonliklar qahvaxona va restoranlarda chilim chekishda davom etmoqda.
Izoh (0)