Toshkentning Shastri ko‘chasida tramvay relsdan chiqib ketdi va chap tomoni bilan simyog‘ichni turtib yubordi, deya xabar bermoqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” (“Toshkent haydovchilari”) guruhi a’zolari.
Xabarga ilova qilingan suratlarda tramvayning rels tashqarisidagi toshlarga botib qolganini, bir guruh kishilar (aftidan tramvay yo‘lovchilari) uning atrofini o‘rab olganini ko‘rish mumkin. “Hodisada hech kimga jabr yetmadi”, — deb yozadi muallif.
Postga fikr bildirganlarning ba’zilari tezlikni oshirish tufayli navbatdagi ko‘ngilsizlik ro‘y berganidan norozi bo‘lgan bo‘lsa, ayrimlar buning tezlik bilan aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan.
Guruh a’zolaridan biri ushbu tramvay yo‘lining aynan shu qismi notekis ekanligini qayd etgan. Yana bir foydalanuvchining ta’kidlashicha, u yerda relslar yerga keragidan ko‘ra chuqurroq qilib o‘rnatilgan.
Ta’kidlash joiz, bu haqda rasmiy ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)